Sportchilarimiz munosib kutib olindi

Sportchilarimiz munosib kutib olindi

6-15 may kunlari Tailandning Bangkok shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ilk bor “Osiyo Olimpiadasi”ga yo‘l olgan yigitlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi raisi Bahodir Ahmedov, Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov va Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avazjon Karimov, federasiya xodimlari va sportchilarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

Mutasaddilar xokkeychilarimizni qarshi olishar ekan, ularning ushbu muvaffaqiyati kelgusida mazkur sport turining mamlakatimizda yanada ommalashishiga zamin yaratishini alohida urg‘ulashdi.

Bo‘lajak Osiyo o‘yinlari Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini o‘tab beradi. Rasmiylar jamoamizning musobaqaga tayyorgarligi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini, yigitlarimizdan Xanchjou-2022da bundan ham ulkan g‘alabalar kutib qolishlarini ta’kidladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!