Sport mashg‘ulotlaridan so‘ng qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish foydali?

Sport mashg‘ulotlaridan so‘ng qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish foydali?

Oqsilli va uglevodli mahsulotlar eng foydali, fast fud, yog‘li mahsulotlar va sneklar - befoyda va zararli. Sport murabbiyi tavsiyalari bilan batafsil maqolamizda tanishing.

Chiroyli va sog‘lom qomatga erishishda jismoniy mashqlardan so‘ng iste’mol qilinadigan mahsulotlar katta ahamiyatga ega. Sport murabbiyi Vladimir Kuzmin mashg‘ulotlardan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanish haqida so‘zlab berdi.

Sportchilarning ta’kidlashlaricha, mashg‘ulotlar turidan qat’iy nazar, organizmni uglevodorodlarga to‘yintirish kerak.

“Anobolik oyna” atamasi tananing jismoniy faolligidan so‘ng oqsillar, yog‘lar va uglevodorodlarni tezroq hazm qiladigan muddatni bildiradi.

Soddaroq aytganda, bu mashg‘ulotlardan keyingi yengil tamaddi uchun qulay fursat. Bu mushaklarning buzilishini oldini oladi va moddalar almashinuvini me’yorlashtiradi.

Sport mashqlaridan so‘ng ovqatlanish zarur, chunki mashqlar payti organizmning yo‘qotgan quvvatini to‘ldirish lozim. Mashqlardan so‘ng 30-60 daqiqa keyin yengil tamaddi qilish ayni muddao.

Xo‘sh, qaysi mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?

Bu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq. Bu ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yoki mushaklarni chiniqtirish bo‘lishi mumkin. Biroq, har bir shug‘ullanuvchi uchun zarur mahsulotlar:

yog‘siz go‘sht

baliq

dengiz mahsulotlari

tuxum oqi (chunki tuxum sarig‘ida yog‘ va xolesterin ko‘p)

guruch, grechka, suli

qora non

kraxmalsiz sabzavotlar - karam, pomidor, bodring, salat bargi

Uzoq davom etadigan mashg‘ulotlardan so‘ng iste’mol qilish uchun ideal mahsulot makaron hisoblanadi.

Mumkin emas:

fast-fud

yuqori kaloriyali pishiriqlar

kolbasa, sosiska

chips, qotgan non donalari, sneklar

shirin gazlangan ichimliklar, paket o‘ramidagi sharbatlar

shokolad

energetik va spirtli ichimliklar.

Ushbu mahsulotlar mushaklarni o‘stirmaydi, chunki tarkibida ortiqcha shakar, zararli yog‘lar bor.

Mashg‘ulotlar payti ichimliklar ichish ham katta ahamiyatga ega. Ideal holatda bu hech qanday qo‘shimchalarsiz, oddiy ichimlik suvi bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!