Spiker o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiyda tomorqa xizmati klasteri tashkil qilish ishlari bilan tanishdi

Spiker o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiyda tomorqa xizmati klasteri tashkil qilish ishlari bilan tanishdi

Koronavirus pandemiyasi davrida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, «Tomorqa xizmati» MCHJ moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada ko‘paytirish ustuvor vazifa etib belgilandi. Negaki, hamma vaqt tiriklik manbai bo‘lib kelgan yerdan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning zaruriy sharti, farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 iyundagi «Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori odamlarning o‘z tomorqasidan daromad topish manbalarini kengaytirish, ularga ko‘proq qulayliklar yaratishda muhim huquqiy asos bo‘ldi. Ayni paytda mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Navoiy viloyatidagi uchrashuvi davomida odamlarning o‘z tomorqasidan daromad topish manbalarini kengaytirish, ularga ko‘proq qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan birga, mazkur hujjatning joylardagi ijrosini ham o‘rgandi.

Spiker o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiyda tomorqa xizmati klasteri tashkil qilish ishlari bilan tanishdi

Ma’lumki, joriy yilda respublika bo‘yicha 25 ta tomorqa xizmati klasteri tashkil qilish rejalashtirilgan. Navoiy viloyatining Karmana tumani ana shu tumanlardan biri.

Spiker o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiyda tomorqa xizmati klasteri tashkil qilish ishlari bilan tanishdi

Ayni pamda bu yerda xonadon sharoitida 2 sotix yer maydonida Fransiyaning intensiv zotdor kurkasi ko‘paytirilib xonadonlarga tarqatilmoqda. Bu yerda 8 tonna baliq yetishtirilgani yig‘ilganlar e’tiborini tortdi. Zero, bu parrandalar 20-25 kilogrammgacha go‘sht beradi.

Spiker o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiyda tomorqa xizmati klasteri tashkil qilish ishlari bilan tanishdi

Spiker o‘rinbosarining uchrashuvi jarayonlarida yangi tashabbuslar qanot yozdi. Xususan, yarim gektarli ko‘chatchilik issiqxonasi, 209 tonnalik muzlatkichli ombor, meva sabzavotlarni quritish sexi va boshqa aholiga xizmat qiluvchi tizimlar tashkillashtirilishi rejalashtirildi.

Endilikda bunday korxonalarning o‘z yer maydonlariga ega bo‘lishi  ko‘chatchilikka ixtisoslashgan 20-30 sotixli issiqxonalar qurib, ularda kafolatlangan ko‘chat yetishtirish va aholi xonadonlariga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2018 yilda tomorqa xizmati klasterlari 128 ta, 2019 yilda 244 tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 314 taga ortishi belgilangan.

–Mazkur loyiha qiymati 165 milliard so‘mni tashkil qilib, bu klasterlar “Tomorqa xizmati” MCHJlar negizida bunyod etiladi, – dedi A.Haitov. – O‘z mablag‘i 63 milliard so‘mdan iborat bo‘lsa, Fermerlar kengashi huzuridagi jamg‘armadan 102 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Masalan, 7,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo bo‘lgan bitta tomorqa xizmati klasteri 10-12 mingta xonadonni qamrab oladi. 35 ta ish o‘rni yaratilishi bilan 500-600 dollar daromad olinadigan yillik eksport yo‘lga qo‘yiladi.

Spiker o‘rinbosari shu yerda aholi bilan suhbatlashib, ularga davlatimiz rahbarining qarori mazmun-mohiyatini tushuntirdi. O‘z navbatida, fuqarolarga har bir ishni ehtiyotkorlik bilan, karantin qoidalariga rioya qilgan holda bajarish lozimligini ta’kidladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari A.Haitovning joylardagi uchrashuvlari davom etmoqda.

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!