SpaceX Janubiy Koreyaning birinchi Oy sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi

SpaceX  Janubiy Koreyaning birinchi Oy sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi

Joriy yilning 4 avgust kuni Kanaveral burnidan "Falkon 9" raketasi Janubiy Koreyaning “Korea Pathfinder Lunar Orbiter”ni (KPLO) koinotga olib kirdi. Bu Janubiy Koreyaning birinchi Oy sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib, 16 dekabr kuni Oy atrofidagi orbitaga chiqadi, deb xabar beradi “Spaceflight Insider”.

Qiymati 200 million dollarlik KPLO og‘irligi 678 kg bo‘lib, uni energiya bilan ta’minlaydigan quyosh panellari bilan jihozlangan. Sun’iy yo‘ldosh bortida oltita ilmiy asbob-uskuna mavjud: uchta kamera Lunar Terrain Imager, PolCam va ShadowCam), tarmoq uskunalari, magnitometr va gamma-nur spektrometri.

Sun’iy yo‘ldosh Koreyaning Oyga bo‘lajak missiyasi uchun qo‘nish joyini topishga yordam beradigan yuqori aniqlikdagi fotosuratlarni oladi. Ikkinchi kamera asosiy e’tiborni topografik xaritalar uchun suratga olishga qaratadi, uchinchisi – NASA’ning ShadowCam qurilmasi esa oyning doimiy soyali hududlarida suv muz konlari belgilarini qidiradi.

Qurilma uran, geliy-3, kremniy va alyuminiy kabi Oyda mavjud resurslarni o‘rganadi va magnit maydonni o‘lchaydi. Va nihoyat, uning vazifalari sayyoralararo Internetni yerdagi ob’ektlar bilan aloqa qilish uchun sinovdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!