Soxta 10 ming dollar operasiyasi fosh etildi

Soxta 10 ming dollar operasiyasi fosh etildi

Soxta valyutalarning muomalasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurash va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Namangan viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda soxta valyutalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqarolar M.Sh va N.N.lar shartli xaridorga 10 ming AQSh dollari soxta valyutalarini 6500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!