SOVID-19ning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday belgilar bilan namoyon bo‘lmoqda?

SOVID-19ning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday belgilar bilan namoyon bo‘lmoqda?

🦠 Xabaringiz bor, joriy yilning yoz oylarida mamlakatimiz hududida “omikron” shtammining VA.2 versiyasi yetakchilik qilgandi. Ayni paytga kelib esa bemorlarning qariyb barchasida VA.5 subvarianti aniqlanmoqda.

❓Xo‘sh, ushbu yangi mutasiya bolalar va homilador ayollarda qanday klinik belgilar bilan namoyon bo‘lmoqda?

— O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami hamda homilador ayollarning immun tizimi nisbatan sust bo‘ladi, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova. — Shu bois ularning yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirusga chalinish ehtimoli yuqori.

🩺 Xastalik belgilariga kelsak, VA.5 subvarianti alomatlari avvalgi VA.2 versiyasi simptomlari bilan deyarli bir xil kechmoqda.

📌 Jumladan, bolalar va homilador ayollarda tumov, tomoqda og‘riq va qizarish, O‘RVI, qolaversa, 3-5 foiz holatlarda allergiyaga moyilligi bor bemorlarda diareya hamda obstruksiya (bo‘g‘ilish xuruji) belgilari kuzatilyapti.

🤰🏻Shuningdek, muddatiga yetgan, uchinchi 3 oylikdan yuqori muddatdagi homiladorlarda (30 haftadan yuqori muddat) xastalik chog‘ida homila suvining sezilarli miqdorda kamayishi va loyqalanishi yuzaga keladi. Bu esa homilaning dimiqishiga olib kelmoqda.

📌 Bunday ayollarda koronavirus yuqori harorat, bosh va mushaklarda og‘riq, holsizlik, uyquchanlik, rinit va tonzillit belgilari bilan namoyon bo‘lmoqda. Qolaversa, ba’zi bemorlarni kuchli yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilyapti.

Qolaversa, fon kasalliklari bor bemorlar, masalan, tutqanoq xastaligi mavjud bolalar, kardiologik muammolardan aziyat chekayotgan ayollar va o‘g‘il-qizlarda koronavirus nisbatan og‘irroq kechmoqda.

✅ Quvonarli jihati, ushbu muddatdagi homiladorlarda kasallik yengil kechib, o‘pka to‘qimasining zararlanishi deyarli kuzatilayotgani yo‘q. Shunga qaramay, homilasi 30 haftalikdan oshgan opa-singillarimizga stasionar sharoitda davolanishni tavsiya etamiz.

‼️Homiladorlikning birinchi va ikkinchi 3 oyligidagi bemorlar esa qat’iy ravishda hududiy oilaviy poliklinikalar nazoratida bo‘lib, tegishli muolajalarni olishlari shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!