SOVID-19: “Kentavr” va “deltakron” bemorlarda qanday alomatlar bilan kechmoqda?

SOVID-19: “Kentavr” va “deltakron” bemorlarda qanday alomatlar bilan kechmoqda?

Qariyb ikki oydirki, dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini avjida. Mutaxassislar buni COVID-19ning yangi mutasiyalari keng tarqalishi bilan izohlayapti.

Xususan, “omikron”ning qator subvariantlari, ayniqsa, “kentavr” nomli o‘ta yuqumli kichik shtammi, shu bilan birga, “deltakron” deb atalgan gibrid mutasiyasi odamlarda jiddiy xavotirlarni uyg‘otayotgan edi.

Kecha rossiyalik shifokorlar koronavirusning ushbu turiga chalingan bemorlarda kasallik qanday kechayotgani bilan bog‘liq tahlillarini e’lon qildi.

Unda aytilishicha, keyingi paytlarda mamlakatda “kentavr”ni yuqtirgan bemorlar soni ko‘payishi qayd etilgan. Biroq bu subvariant “delta” shtammi singari barchaga birdek xavf solayotgani yo‘q.

Undan keksalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar ko‘proq aziyat chekmoqda. Qolaversa, “kentavr” oqibatida o‘pkaning zararlashi kuzatilayotgani yo‘q.

❗️Mazkur mutasiya asosan rotavirusga xos alomatlar bilan namoyon bo‘lmoqda. Bemorlarning 50 foizida esa diareya va qusish holatlari qayd etilyapti. Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i va ba’zida bezovtalikdan shikoyat qiluvchilar ham bor.

“Kasallik 5-7 kun davom etyapti, — deydi rus shifokorlari. — Beshinchi kunga borib PZR testi manfiy natijani ko‘rsatmoqda. Trombofiliya, yurak-qon tomir xastaliklariga chalingan, intoksikasiya va yuqori tana haroratiga ta’sirchan bemorlarda xastalik birmuncha og‘ir o‘tmoqda".

Shuningdek, mutaxassislar “deltakron”ga xos asosiy belgilar haqida ham ma’lumot berdi.

❗️Qayd etilishicha, bu shtamm koronavirusning avvalgi mutasiyalariga nisbatan yuqumli. Shu bilan birga, “omikron”ga taqqoslaganda, stasionar davolanishni ko‘proq talab etadi. Ya’ni kasallik biroz qiyin o‘tadi.

“Delta” shtammida tana haroratining ko‘tarilishi uzoq vaqt kuzatilgan bo‘lsa, “omikron”da bu holat 1-3 kun davom etadi. Isitmaning yuqori ko‘rsatkichi ham faqat bir kun qayd etiladi.

Shu bilan birga, “omikron”ga chalinganda o‘pkaning zararlanishi xavfi minimal darajada. Tomoq og‘rig‘i va quruq yo‘tal unga xos belgilar sirasidan.

“Delta” ta’m va hid bilish qobiliyati yo‘qolishi, oshqozon-ichak traktidagi buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. “Omikron”ga chalinganlar esa ko‘proq holsizlik va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishadi.

‼️“Deltakron” ana shu har ikki shtammga xos alomatlarni o‘zida qisman mujassam etgan. Ya’ni u qisqa muddatli yuqori tana hororati, hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi, o‘pkaning zararlanishi bu gibrid variantga tegishlidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!