Sovet bayrog‘ini ko‘targanlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Sovet bayrog‘ini ko‘targanlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Ukraina polisiyasi 8 va 9 may kunlari bo‘lib o‘tgan bayram tadbirlarida taqiqlangan kommunistik timsollardan foydalanganlik holatlari bo‘yicha bir nechta jinoyat ishlari qo‘zg‘atdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Milliy polisiya rahbarining o‘rinbosari Aleksandr Fasevichning so‘zlariga ko‘ra, kamida uchta ish ochilgan bo‘lib, ular Sovet Ittifoqi bayrog‘i va Georgiy tasmasidan foydalanganlik bilan bog‘liq. Polisiya bayramdan oldin taqiqlangan timsollardan foydalanish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirgan.

Ukrainada 2015 yilda dekommunizasiya haqida qabul qilingan qonunga binoan kommunistik timsollarni targ‘ib qilish mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!