Sotuvdan tushgan mablag‘lar undiruvlar navbati bo‘yicha to‘lanadi

Sotuvdan tushgan mablag‘lar undiruvlar navbati bo‘yicha to‘lanadi

Amudaryo tumani iqtisodiy sudining 10.02.2020 yilgi qaroriga asosan qarzdor “Amudaryo yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasidan undiruvchi “Shobboz qurilish ta’mir” MCHJ foydasiga 174 mln. 629,6 ming so‘m qarz, 13 mln. 970,4 ming so‘m penya, ish bo‘yicha to‘langan 2 mln. 619,4 ming so‘m davlat boji va pochta harajatini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 19.02.2020 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida, 04.06.2020 yilda 2.100.000 so‘m, 05.06.2020 yilda 10.000.000 so‘m, 10.09.2020 yilda 313.255 so‘m, 08.05.2020 yilda 4.900.000 so‘m, 27.08.2020 yilda 1.724.745 so‘m qisman undirilib undiruvchi “Shobboz qurilish ta’mir” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shuningdek, qarzdordan 17.08.2021 yil kuni 13.000.000 so‘m undirilgan va undiruvchi “Shobboz qurilish ta’mir” MCHJ hisob raqamiga yo‘naltirilgan, lekin bugungi kunda undiruvchining bank hisob raqamlari o‘zgarib ketganligi sababli ushbu mablag‘ Byuroning depozit hisob raqamiga qayta kelib tushgan.

Bundan tashqari, bo‘lim ish yurituvida qarzdor “Amudaryo tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasidan boshqa undiruvchilar bilan bog‘liq jami 1,4 mlrd. so‘mlik 6 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ushbular bo‘yicha ham ijro harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, olib borilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdorga tegishli bo‘lgan ikkita Neksiya rusumli avtotransport vositasi va “LW-321F” rusumli avtopogruzchiklari xatlovga olinib, hozirda elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur avtotransport vositalari sotilgan taqdirda sotuvdan tushgan pul mablag‘lari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 80-moddasiga asosan undiruvlar navbati bilan taqsimlanishini ma’lum qilinadi.


Majburiy ijro byurosi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!