"Soqolga yopishadigan GAI xodimi" ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi

"Soqolga yopishadigan GAI xodimi" ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 19:40 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida, "Magic city" istirohat bog‘i oldida to‘xtab turgan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisiga YPX xodimi mazkur joyda to‘xtab turish mumkin emasligini, tirbandlik yuzaga kelayotganligini tushuntirgan vaqtda haydovchi A.E. taksi faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib xodimga e’tirozlar bildirgan. YPX xodimi haydovchidan qoidalarga rioya qilishini so‘ragan vaqtda haydovchi avtomobilini qo‘zg‘atmasligini ma’lum qilgan va o‘zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan. Jarayonga boshqa YPX xodimlari ham aralashgan. Fuqaro A.E. tuman IIO FMBga olib borilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

2021 yil 22 sentyabr kuni to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi tomonidan o‘rganilib, fuqaro A.E. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183 hamda 194-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!