Solomon orollarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Solomon orollarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Bugun 22 noyabr kuni Tinch okeani janubidagi Solomon orollarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Amerika seysmologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,0 ballni tashkil qilgan. Zilzila episentri Gvadalkanal orolidagi Malango qishlog‘i yaqinida, 15 kilometr chuqurlikda joylashgan, deya xabar beradi Deutsche Wellega.

Meteorologlar dastlab sunami haqida ogohlantirish berishgan, biroq bir necha soatdan keyin uni bekor qilishgan. Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yoki katta vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, biroq mahalliy OAV binolarga zarar yetganini xabar qilmoqda. Ko‘p odamlar vahima ichida qirg‘oq bo‘yidan balandroq yerlarga qochib ketishdi.

Malango shahri Solomon orollari poytaxti Xoniaradan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Arxipelagdagi binolarning aksariyati zilzilaga chidamli bungalolardir.

Bir kun avval Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila natijasida 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi.

Indoneziya ham, Solomon orollari ham Tinch okeanining olovli halqasida joylashgan bo‘lib, Tinch okeanining perimetri atrofidagi hududda faol vulqonlar va ko‘plab zilzilalar mavjud. Hammasi bo‘lib, ushbu zonada Yerda ma’lum bo‘lgan 540 ta faol er usti vulqonidan 328 tasi mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!