Sog‘liqni saqlash vaziri vaksinadan so‘ng koronavirusga chalindi

 Sog‘liqni saqlash vaziri vaksinadan so‘ng koronavirusga chalindi

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimkadir Beyshenaliyev koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi aytilmoqda.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilgan. Ma’lum qilinishicha, Beyshenaliyev masofadan turib ishlashni davom ettirmoqda. Beyshenaliyev 29 mart kuni Xitoyning Sinopharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlangan. U mazkur vaksina emlangan birinchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan edi.
Vazir bundan oldin koronavirusni zaharli deb hisoblangan Issiqko‘lda o‘suvchi o‘simlik ildizi (akonit) damlamasi bilan davolash mumkinligini aytgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Qirg‘izistonda Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!