Sof oltin va olmos bilan ishlangan: Isroilda eng qimmat tibbiy niqob yaratildi

Sof oltin va olmos bilan ishlangan: Isroilda eng qimmat tibbiy niqob yaratildi

“The Times of Israel” nashri xabariga ko‘ra, Isroilda zargarlar eng yuqori himoya darajasiga ega noyob tibbiy niqob yaratishdi. Uning qiymati 1,5 million dollarni tashkil etadi.

18 karatli oq oltindan tayyorlangan hamda 3,6 ming dona qora va oq olmos bilan qoplangan niqobning og‘irligi 240 gramm bo‘lib, bu odatiy tibbiy niqobning og‘irligidan 100 marta og‘irroq.

Shuningdek, mahsulot yuqori sifatli N99 filtrlari bilan jihozlangan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday niqobni Isroil zargarlaridan AQShda yashovchi xitoylik biznesmen buyurtma qilgan. Uning asosiy talablaridan biri zargarlik durdonasi 2020 yil oxiriga qadar tayyor bo‘lishi va u dunyodagi eng qimmat buyumga aylanishi kerak edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!