Soch to‘kilishining ikki asosiy sababini aniqlandi

Soch to‘kilishining ikki asosiy sababini aniqlandi

Dermatolog Tatyana Yegorovaning ta’kidlashicha, odamlarda soch to‘kilishining ikki asosiy sababi bu stress va tanadagi temir yetishmasligidir, deb yozadi "Izvestiya".

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, og‘ir stressdan keyingi soch to‘kilishi darhol paydo bo‘lmaydi, bu holat bir necha oy ichida sodir bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, kuchli his-tuyg‘ular bu muammoning juda keng tarqalgan sababi bo‘lib, uni hal qilish uchun, albatta, shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi.

Soch to‘kilishiga olib keladigan ikkinchi omil esa temir tanqisligi bo‘lib, tanadagi ushbu yetishmovchilik bartaraf etilsa, sochlar yana jiloli hamda qalin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!