Soch bo‘yog‘i ko‘krak saratoni xavfini oshiradimi?

Soch bo‘yog‘i ko‘krak saratoni xavfini oshiradimi?

AQSh Milliy salomatlik instituti olimlari kimyoviy soch bo‘yog‘ining ta’sirini aniqlash maqsadida 46709 ayolning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi.

Aniqlanishicha, permanent (kosmetika vositasi bo‘lib, u tatuirovkaga o‘xshash naqshlarni yaratish uchun ishlatiladi) va kimyoviy soch bo‘yog‘idan doimiy ravishda tez-tez foydalanish ayollarda ko‘krak saratoni xavfini 9 foizga oshirar ekan.

“Ko‘krak saratonini keltirib chiqaruvchi omillar ko‘p, faqat soch bo‘yog‘i shu kasallikka olib keladi, deb qarash ham to‘g‘ri emas. Aniq maslahatlar berishga hali erta, ammo xavfdan holiroq bo‘lish uchun kimyoviy bo‘yoqlardan saqlangan ma’qul, deydi tadqiqot mualliflaridan biri Deyl Sendler.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!