Sobiq prezidentning xizmat mashinasi sotuvga qo‘yildi

Sobiq prezidentning xizmat mashinasi sotuvga qo‘yildi

Qozog‘istonda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning xizmat mashinasi deb atalayotgan noyob S-sinfiga mansub Mercedes 600 avtomobili sotuvga qo‘yildi.

U 1993 yilda ishlab chiqarilgan va 408 ot kuchiga ega 6 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan. Bundan tashqari, B7 sinfiga mansub zirh bilan qoplangan, u yo‘lovchini 7,62×63 mm o‘lchamga ega o‘q-dorilardan himoya qiladi. Shuningdek, avtomobil kulrang charm salonga ega va yon oynalari motorli pardalar bilan jihozlangan. Old va orqa o‘rindiqlari esa isitiladi. E’londa mashinaning qo‘shimcha sarmoyaga muhtojligi aytiladi, jumladan, vaqt o‘tishi bilan uning oynalari darz ketgan.

Sobiq prezidentning xizmat mashinasi sotuvga qo‘yildi

Avtomobildan juda kam foydalanilgan, u 29 yil ichida atigi 38 ming km yo‘l bosgan.

Mercedes-Benz 600 SEL avtomobili uchun 25 mln tenge (53 ming dollar) so‘ralmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!