Sobiq prezidenti Ro De U vafot etdi

Sobiq prezidenti Ro De U vafot etdi

Janubiy Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Ro De U Seulda vafot etdi, deya xabar berdi uning yordamchilari Yonhap agentligiga. U 88 yoshda edi.

Sobiq prezident yaqinda sog‘lig‘i yomonlashgani sababli kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unga yordam bera olmadi. Ro De U 1988 yildan 1993 yilgacha mamlakat prezidenti bo‘lgan. U mamlakatning sobiq harbiy prezidenti Chon Du Xvandan keyin demokratik yo‘l bilan saylangan birinchi davlat rahbari edi.

1993 yilda Ro De U korrupsiyada ayblanib hibsga olingan, so‘ngra 1980 yilgi Kvanju namoyishlarini kuch bilan bostirishga bog‘liq holda vatanga xiyonatda ayblangan. 1996 yil avgust oyida Ro De U 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, keyinroq uning jazo muddati 17 yilga qisqartirildi, 1998 yilda esa u avf etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!