Sobiq moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekistonning tashqi qarzi o‘sishida muammo ko‘rmayotganini aytdi

Sobiq moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekistonning tashqi qarzi o‘sishida muammo ko‘rmayotganini aytdi

Bir vaqtlar O‘zbekiston elektron OAVlari ichida yagona rasmiy manba bo‘lgan Uza.uz saytida mamlakatning sobiq moliya vaziri, birinchi Prezidentning vorisi sifatida ko‘rilgan, keyinchalik esa katta sahnadan ketgan Rustam Azimovning katta intervyusi chop etildi.

Intervyudan ayrim iqtiboslarni keltiramiz:

▪️“Bu dunyoda hamma narsa nisbiy. Atrofga nazar tashlasak, qo‘shni mamlakatlarda bo‘layotgan notinchlik, beqarorlik, nizo va qarama-qarshiliklarni, qon to‘kilishlarni, bir millat vakillarining bir-biriga zid bo‘lganini ko‘rib, yana bir bor davlatimizda hukm surayotgan osoyishta hayot eng katta yutug‘imiz va baxtimiz, desak to‘g‘ri bo‘ladi.”

▪️“Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga asos solgan inson sifatida ko‘z oldimizga keltirishimiz tabiiydir.”

▪️“O‘zbekiston 25 yil ichida haqiqiy mustaqillikka ega bo‘ldi.”

▪️“Zamon, shu bilan birga talablar, mezonlar o‘zgarmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida keyingi 5 yilda bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘ylaganda odam hayratda qoladi.”

▪️“To‘g‘ri, qarz oshmoqda, lekin shu bilan birga iqtisodiyotimiz ham tez sur’atlar bilan o‘smoqda, o‘sayotgan iqtisodiyot esa, mening fikrimcha, bu qarzlarni o‘z vaqtida to‘lashga to‘liq imkoniyat beradi.”

▪️“O‘zbekiston men uchun nima berdi?” degan savol o‘rniga, kim qayerda ishlashidan qat’iy nazar “Men O‘zbekiston uchun nima qilmoqdaman?” degan savolni har kuni o‘zimizga bersak, burchimizni adolatli bajarsak, farzandlarimiz va nabiralarimiz rivojlangan, hamma havas qiladigan davlatda yashaydi”

To‘liq intervyuni qo‘yidagi manbada o‘qishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!