Sobiq energetika vaziri hibsga olinadi​​​​​​​

Sobiq energetika vaziri hibsga olinadi​​​​​​​

Jazoir sudi sobiq energetika vaziri Shakib Xalilni korrupsiyada ayblab, 20 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Sud, shuningdek, sobiq vazirni hibsga olishga xalqaro orderni ham tasdiqladi. “TASS”ning Jazoir matbuot xizmati axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, Halil ayni paytda xorijda.

Bundan tashqari, Jazoir sudi Umar Gul hukumatining sobiq a’zolari Nuriddin Buterf, Muhammad Bedjau va Sonatrach davlat neft va gaz kompaniyasining sobiq bosh direktori Abdulmumin Kaddurni 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Ularning xorij kompaniyalari bilan shartnomalar tuzishda davlat mablag‘larini isrof qilishda aybi isbotlangan.

Jazoirda 2019 yilning bahoridan buyon korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya olib borilmoqda, uning doirasida o‘nlab amaldorlar, jumladan sobiq hukumat rahbarlari, vazirlar va yirik biznesmenlar hibsga olingan.

Respublikaning amaldagi hokimiyat organlari korrupsiyani butunlay yo‘q qilish, o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish va milliy boylikni himoya qilish bo‘yicha qat’iy qarorlarini bir necha bor e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!