“Snapchat” Trampning akkauntini butunlay bloklamoqda

“Snapchat” Trampning akkauntini butunlay bloklamoqda

“Snapchat”  messenjeri AQSh prezidenti Donald Trampning akkauntini butunlay bloklamoqda.

Bu haqda kompaniya vakili “Axios” portaliga xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 20 yanvar - AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguraiyasi kuni yuz beradi.

Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, Trampning akkauntini bloklash "dezinformaiya tarqatish, nafrat va zo‘ravonlik qo‘zg‘atish" orqali "jamoat xavfsizligiga zarar” yetkazilganligi sabab amalga oshiriladi.

"Biz uning akkauntini butunlay bloklash to‘g‘risida qaror qabul qildik", dedi kompaniya vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!