Slovakiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi
Noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda mahalliy turistik firma menejeri xorijga ishga jo‘natish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmasada, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish hamda unga viza rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSh dollari va 2,5 mln so‘m talab qilib, shundan 1 ming dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi
Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.
«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi
Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.
Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi
Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.
