Slovakiyada 3 martdan komendantlik soati joriy etiladi. Aholiga respirator taqish majburiyati yuklanadi

Slovakiyada 3 martdan komendantlik soati joriy etiladi. Aholiga respirator taqish majburiyati yuklanadi

Slovakiya hukumati koronavirus keng tarqalayotgani sababli komendantlik soati joriy qiladi va aholiga jamoat joylarida FFP2 respiratori taqish majburiyati yuklanadi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Komendantlik soati mamlakatda 3 martdan boshlab joriy qilinadi va soat 20:00 dan 01:00 gacha amalda bo‘ladi. Bu vaqt davomida faqatgina ishga yoki shifokor qabuliga borish uchun chiqish mumkin. Shuningdek, soat 05:00 dan 20:00 gacha fuqarolarga hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablarsiz uyidan chiqish taqiqlanadi.

Ta’lim muassasalari ishini davom ettiradi, lekin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ota-onalari ishga ketayotganda olib keladi. Ishsiz yoki masofadan ishlayotganlarning farzandlari esa darslarda ishtirok etmay, uyda qolishi belgilangan.

8 martdan jamoat joylari va ommaviy transportlarda, 15 martdan esa barcha jamoat joylarida respiratorlar taqish majburiy etib belgilanadi. Bu cheklovlar 21 martgacha amal qiladi. Agar bu vaqtgacha belgilangan ijobiy natijaga erishilmasa, mamlakatda karantin joriy etiladi, bu korxonalarning yopilishini va harakatlanishni qat’iy cheklashni nazarda tutadi.

Slovakiyada koronavirus sababli avval ham komendantlik soati joriy qilingan (2020 yilning 24 oktyabridan 1 noyabrigacha). Aholiga soat 01:00 dan 05:00 gacha uyidan chiqish taqiqlangan edi. Qolgan vaqtlari ishga, oziq-ovqat do‘konlariga, poliklinikalarga, dorixonalarga, shuningdek, qarindoshlarinikiga borishi va uy hayvonlarini sayr qildirishi mumkin edi.

Slovakiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya davrida 308 mingta virus bilan zararlanish holati qayd etildi, 7189 kishi virus qurboniga aylandi.

Avvalroq Slovakiya aholisining yarmi COVID-19’ni aniqlash uchun testdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!