Slovakiya birinchi to‘rtta Zuzana gaubisasini Ukrainaga topshirdi

Slovakiya birinchi to‘rtta Zuzana gaubisasini Ukrainaga topshirdi

Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nagi xabar berdi.

"Slovakiya begunoh ukrainaliklarning hayotini himoya qilishga yordam bermoqda! Biz birinchi to‘rtta Zuzana gaubisasi Ukraina Qurolli kuchlarida Rossiya bosqinchilaridan mudofaa qilish uchun tayyor ekanligini tasdiqlashdan mamnunmiz", — dedi Nagi.

Zuzana — 155 mm to‘pga ega o‘ziyurar artilleriya moslamasi. U 40 kilometrgacha masofaga zarba bera oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!