Skarlett Yoxansson ikkinchi marta ona bo‘ldi

Skarlett Yoxansson ikkinchi marta ona bo‘ldi

Skarlett Yoxansson va komik aktyor Kolin Jost oilasida uzoq kutilgan chaqaloq dunyoga keldi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i bu xushxabarni "Instagram"dagi obunachilari bilan bo‘lishdi.

«Biz farzandli bo‘ldik. Uning ismi Kosmo va uni juda yaxshi ko‘ramiz», — deb yozgan ssenarist mikroblogida. Bundan tashqari, shoumen muxlislardan shaxsiy hayotlarini hurmat qilishlarini ham so‘ragan.

Tan berish kerakki, aktrisa farzandi dunyoga kelgunga qadar homiladorligini mohirona tarzda yashira olgan. Skarlett qorni sezilarli darajada bilina boshlagach, omma e’tiboridan qochishga harakat qilgan va hatto «Qora beva» filmining premyerasida ham ishtirok etmagan.

Eslatib o‘tamiz, yangi tug‘ilgan chaqaloq Skarlet Yoxanssonning ikkinchi farzandi. Yulduz, shuningdek, fransuz jurnalisti Romen Doriak bilan turmushidan bo‘lgan qizini ham tarbiyalaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!