Siyosatchi Ronaldu haqida: "Bu hayvonni Portugaliyadan yo‘qoting"

Siyosatchi Ronaldu haqida: "Bu hayvonni Portugaliyadan yo‘qoting"

Portugaliyalik siyosatchi Rafael Masedu feysbukdagi sahifasida karantinni buzgan Ronaldu haqida g‘azabnok fikr qoldirdi.

"Bu hayvon Italiyadan uchib kelib, uyda o‘tirishi kerak. Aks holda, Portugaliyadan yo‘qotish lozim buni”, - deb yozadi Masedu.

Keyinchalik amaldor uning sahifasi buzilganligini va Ronalduga hech qachon bunday yozmaganligini aytdi.

"Ushbu voqea uchun Ronaldu va uning oilasidan uzr so‘rayman. Men parollarni doimiy ravishda o‘zgartiraman, lekin bu har doim ham yordam bermaydi. Xakerlar hamma joyda bor, shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak. Men hech qachon Ronaldu haqida bunday gaplarni aytmayman, chunki uning muxlisiman", – deb yozdi keyinchalik Masedu.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!