Sirlar ochilmoqda! 2012 yilgi Olimpia o‘yinlarida 90dan ortiq britaniyalik sportchilar doping iste’mol qilgan

Sirlar ochilmoqda! 2012 yilgi Olimpia o‘yinlarida 90dan ortiq britaniyalik sportchilar doping iste’mol qilgan

2012 yilgi London Olimpiadasida qatnashgan kamida 91 britaniyalik sportchi eksperimental moddani sinashda ishtirok etishgan.

Bunday ma’lumotlar “Mail on Sunday” gazetasida paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu modda Buyuk Britaniyadagi Olimpiya va Paralimpiya sportlariga sarmoya kiritishga mas’ul bo‘lgan “UK Sport” davlat agentligining maxfiy loyihasi doirasida sinovdan o‘tkazilgan. Shu tariqa ular olimpiadadagi natijalarini yaxshilashni maqsad qilishgan.

Sportning sakkiz turi bo‘yicha sportchilar energetik ichimliklar bilan ta’minlangan. Modda jigarda sintezlangan ketonlarning sintetik versiyasini o‘z ichiga olgan va turli holatlarga hamda stressga bo‘lgan chidamlilikni oshirgan.

Shu bilan birga, “UK Sport” barchaga "ishtirokchilar haqida ma’lumot varaqasini" tayyorlagan. Hujjatda ta’kidlanishicha, agentlik ketonlardan foydalanish Jahon antidoping kodeksining talablariga mos kelishiga kafolat yoki va’da bermagan. Sportchilar esa eksperiment haqida sukut saqlashga majbur bo‘lishgan.

Va bunga rozi bo‘lib, hujjatga qo‘l qo‘ygan har bir britaniyalik sportchi barcha xavf-xatarlarga rozi bo‘lgan.

Modda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan holda Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida britaniyalik sportchilar umumiy medallar jadvalida uchinchi o‘rinni egallashgan. Turnir davomida ular 29 ta oltin medalni qo‘lga kiritishgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!