Sirdaryodagi paxta tozalash korxonasi uskunasining harakatdagi arrali vali — korxona ishchisining qo‘lini jarohatladi

Sirdaryodagi paxta tozalash korxonasi uskunasining harakatdagi arrali vali — korxona ishchisining qo‘lini jarohatladi

Sirdaryodagi paxta tozalash korxonasi uskunasining harakatdagi arrali vali — korxona ishchisining qo‘lini jarohatladi

Bu haqda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, “Mirzaobod universal trade cluster” MCHJga qarashli paxta tozalash korxonasi ishchisi M.A. bilan 2021 yil 28 yanvar kuni soat 14:30lar atrofida sodir bo‘lgan oqibati og‘ir baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan 6 ta “Djin 5DP-130” ishlab turgan uskunalarning biriga tiqilib qolgan paxta chiqindisini maxsus pichoqdan foydalanmasdan uskuna ishlab turgan vaqtda, o‘ng qo‘li bilan tozalamoqchi bo‘lib, o‘z ehtiyotsizligi oqibatida uskunaning harakatdagi arrali valiga tegib ketishi natijasida uskuna M.A.ning o‘ng qo‘li barmog‘i va kaft qismini kesib jarohatlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Mirzaobod universal trade cluster” MCHJga qarashli paxta tozalash korxonasi ishchisi M.A. tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1996 yil 14 avgustda 273-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi uslubiy Nizomning tegishli talablari buzilgan.

"Shunga qaramay, Hukumatimiz tomonidan belgilangan tartib tamoyillarga asosan jabrlanuvchiga belgilangan tartibda bir yillik ish haqi miqdorida bir yo‘la beriladigan tovon va oyma-oy zarar pullari hamda dori-darmon harajatlari Davlat mehnat texnik inspektorlari aralashuvi bilan ish joyidan to‘liq qoplab beriladigan bo‘ldi", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!