Sirdaryoda zapravkadagi yashirin qimorxona fosh etildi

Sirdaryoda zapravkadagi yashirin qimorxona fosh etildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi zapravkalarning birida qimor o‘yinlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan Mirzaobod tuman «Mirzo Ulug‘bek» mahallasi hududida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etib, qimor o‘ynashga kelgan shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan giyohvandlik vositalarini iste’mol qilayotganliklari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 6 may kuni soat 21:45 larda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda mahalla hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida M-34 avtoyo‘lining chetida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasidagi ma’muriy binosiga xolislar ishtirokida kirilib, binoning dam olish xonasi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A. va uning tashabbusi bilan 6 nafar shaxs qimor o‘ynayotgani aniqlangan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu zapravka xonasidan qimor o‘yin uchun tikilgan jami 7 million so‘m, 1 050 AQSh dollari va 3 litr shisha idishda alohida o‘yin tashkilotchi uchun deb ajratilgan 1 million miqdordagi pullarni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!