Sirdaryoda yuk avtomobili ikkita yengil mashina bilan to‘qnashdi. Ikki kishi kasalxonada

Sirdaryoda yuk avtomobili ikkita yengil mashina bilan to‘qnashdi. Ikki kishi kasalxonada

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 iyun kuni soat 12:00 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida "Vaz-2106", "Neksiya-3" rusumli yengil avtomobillar va "Isuzu" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, yuk transport vositasi ag‘darilgan.

To‘qnashuv natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!