Sirdaryoda ochiq zovurlardan qon oqayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi (VIDEO)

Sirdaryoda ochiq zovurlardan qon oqayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, «Sirdaryo Xabarlari»da e’lon qilingan "Xovos tumanidagi ochiq zovurlardan birida qon oqayotganligi, uning suvidan aholi foydalanayotganligi aytilmoqda" nomli videolavha yuzasidan Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat berildi.

"Ushbu videolavha joriy yilning 1-may sanasida "YouTube" ijtimoiy tarmoqlarida tarqatilgan edi. Holat yuzasidan, Xovos tumani hokimligi axborot xizmati hamda tumandagi ma’sul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish olib borilgan edi. Shundan so‘ng, 3 may sanasida tadbirkor tomonidan ixtiyoriy ravishda quvurlar olib tashlangan", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy yilning 6-may kuni ushbu xabar «Sirdaryo Xabarlari»da takroran e’lon qilinganidan so‘ng, tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan yana bir bora o‘rganish olib borilganligi va ushbu hududda zovurga tashlangan faoliyatdagi quvur aniqlanmaganligi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!