Sirdaryoda jinoiy to‘daning “mestniy” va “boksyor” laqabli a’zolari ushlandi

Sirdaryoda jinoiy to‘daning “mestniy” va “boksyor” laqabli a’zolari ushlandi

Bugun, 13 fevral kuni Sirdaryo viloyatida tadbirkorlar va fuqarolarga zo‘ravonlik o‘tkazish orqali tovlamachilik va qo‘rqitish yo‘li bilan “ulush” undirib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 5 fevral kuni viloyat xududida faoliyat ko‘rsatuvchi bir necha xususiy klinika, apteka, issiqxona, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalari, tijorat do‘konlari va boshqa tarmoq savdo majmualarini o‘z ichiga olgan MCHJ raxbari D.M. Malibu-2 avtomobilida onasi K.I.ni olib ketayotganda noma’lum Nexia-2 avtomobili ularning yo‘lini to‘sgan.

Sirdaryoda jinoiy to‘daning “mestniy” va “boksyor” laqabli a’zolari ushlandi

Undan o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan va muqaddam bir necha marotaba sudlangan A.E. (taxallusi Mesniy) o‘zining 2 nafar niqoblangan sheriklari tushgan. Ular D.M.ning bo‘yniga o‘tkir tig‘li pichoq tirab, ularga zudlik bilan 45 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni to‘lab berishini talab qilgan.

Shuningdek, to‘da a’zolari D.M. bu xaqda huquq tartibot idoralariga xabar qilsa, uni onasi guvoxligida o‘ldirib ketishlari va hech narsadan qaytmasliklari xaqida taxdid qilib, bir necha kunga muxlat berishgan. 

Shundan so‘ng A.E. o‘zi singari muqaddam bir necha marotaba sudlangan R.B (taxallusi Boksyor) bilan birga jabrlanuvchi D.M.ning yashash manziliga borib, talab qilingan pullardan 17 000 AQSh dollarini zudlik bilan topib berishini yoki bo‘lmasa hozirda JIEMlarda jazoni o‘tab kelayotgan tanishlarini chiqartirishni yoxud noqonuniy giyoxvand moddalari bilan muomala qilganligi uchun hozirda Sirdaryo viloyati IIB Tergov organlari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqqa olingan R.B.ning qarindoshi K.B.ni har qanday yo‘llar bilan bo‘lsada jinoiy javobgarlikdan chiqarib berishni talab qilishib o‘ldirish bilan taxdid qilgan.

Mazkur xolat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, fuqarolar A.E. hamda R.B. jabrlanuvchi D.M.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan pullardan bir qismini yani 10 000 AQSh dollari (kimyoviy ishlov berilgan)ni olgan vaqti daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda xolat yuzasidan Sirdaryo viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan JKning 165- moddasining tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchilar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi asosida ushlangan. Xozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!