Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi

Sirdaryo viloyati Guliston tumani xalq ta’limi boshqarmasi 14-maktabning 2-sinf o‘quvchisini maktab atrofidagi xavfsizligi to‘liq bo‘lmagan transformator toki urishi oqibatida shifoxonaga tushgani aytilgan xabarga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 noyabr kuni maktabning 2-«B» sinf o‘quvchilariga reja bo‘yicha 5 soat dars o‘tilishi kerak bo‘lgan. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun bo‘lib o‘tayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotgani sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar Sohiba Imomova tomonidan darslar o‘tib bo‘lingach, o‘quvchilarga uylariga ketishlari uchun javob bergan.

«Darsi tugagandan so‘ng 2-„B“ sinfning barcha o‘quvchilari kabi Xasan va Xusan Abdurahmanovlar uyga yo‘l olishgan. Yo‘lda ular maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni ko‘rib qolgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan Xusan Abdurahmanov qo‘lini kirgazib kuchukni olmoqchi bo‘lgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidan tan jarohati olgan», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!