Sirdaryoda hokim o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar yarim-yalang‘och raqqosalar bilan bir xonada o‘tirganiga izoh berildi

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar yarim-yalang‘och raqqosalar bilan bir xonada o‘tirganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

Videolavhada aks etgan jarayon 2020 yil oktyabr oyining o‘rtalarida taxminan kech soat 21:00 da (ishdan tashqari vaqtda) Sirdaryo tumanidagi “Evro Aziya” restoranida yuzaga kelgan.

Ishdan tashqari vaqtda boshqa fuqarolar singari restoranga ovqatlanish uchun borgan mas’ullar - tuman hokimi o‘rinbosari (o‘sha vaqtda tuman hokimi yordamchisi) tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Sirdaryo tumani inspeksiyasi bosh mutaxassis-davlat inspektori, “Suvoqova” davlat unitar korxonasi rahbari hamda Sirdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari bo‘lgan.

Mazkur shaxslar o‘tirgan xonaga restoranda xizmat ko‘rsatayotgan “Shov ballet” raqqosa qizlari kirib kelgan. Raqqosalarning kutilmaganda kirib kelishi ularga ma’qul kelmagan. Shu sababli raqqosalarga pul berilgan va xonani tark etishi so‘ralgan. Natijada videodagi holat yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan restoran ma’muriyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Mas’ul xodimlarga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi eslatib o‘tildi. Shuningdek, lavozimdan ozod etish kabi qat’iy chora qo‘llanilishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!