Sirdaryoda fuqaroga 33 million so‘mdan ortiq maoshi berilmayotgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryoda fuqaroga 33 million so‘mdan ortiq maoshi berilmayotgani ma’lum bo‘ldi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimovga Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro S.X. murojaat qilib, oylik maoshi ish beruvchi tomonidan to‘lanmay kelinayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaat o‘rganilishi natijasida, murojaatchi “Mirzaobod chiroyi” dehqon bozori MCHJda ishlagani va 2021-2022 yillarda ishlagan davri uchun ish haqini olmagani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda 2014-2022 yillardagi mehnat faoliyati bo‘yicha yakuniy hisob-kitob qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

Fuqaro murojaati qonun talablari asosida o‘rganilib, tegishli hujjatlar to‘planib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan murojaatchi manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi tomonidan fuqaro S.X.ga 33 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berilishi belgilandi.

Murojaatchining Ombudsmanga xabar berishicha, unga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik summasi to‘liq undirib berilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!