Sirdaryoda avtobus "Damas"ga urildi. 8 kishi jarohat oldi

Sirdaryoda avtobus "Damas"ga urildi. 8 kishi jarohat oldi

2022 yil 5 yanvar kuni soat 13:30 larda, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi 4R-18A avtomobil yo‘lida, "Gagarin-Guliston" yo‘nalishida haydovchi D.K. "Isuzu" rusumli avtobusni boshqarayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan "Damas" rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan.

⚡️To‘qnashuv natijasida, avtobus haydovchisi D.K va 5 nafar yo‘lovchilari hamda "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi K.K. va yo‘lovchisi Z.CH.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!