Sirdaryoda 9-sinf qizlari mushtlashgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryoda 9-sinf qizlari mushtlashgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki qizning janjali tasvirga tushirilgan video tarqatildi.

Mazkur holat yuzasidan "Zamon" Sirdaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi axborot xizmati xodimi Orif Mirziyoyev bilan bog‘landi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu video 2020 yilning fevral oyida Sirdaryo viloyati 5- umumta’lim maktabida olingan. Videodagi voqealar dars jarayonidan so‘ng maktab hududidan tashqarida, 9-sinf o‘quvchilari orasida olingan.

Mazkur voqea yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilgan, tuman hokimligi mutasaddilari, maktab ma’muriyati, mahalla xodimlari hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish uchun qizlar bilan profilaktik suhbatlar olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!