Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.J. boshqa bir fuqaroni O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament va DXXning Toshkent viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.YO. boshqa bir fuqaroni o‘zining vakolatli tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kiritib, 2-kursdan O‘zbekiston Respublikasidagi oliygohga ko‘chirib berishi evaziga fuqaro SH.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 5 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dallillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament va DXXning Farg‘ona viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona Davlat universiteti talabalari X.M. va SH.T. oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.B.ni o‘qishini xorij universitetidan Farg‘ona Davlat universitetiga ko‘chirib berish hamda ikki nafar fuqaroni Farg‘ona Davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida qo‘lga olinganlar.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona shahridagi «S» o‘quv markazi o‘qituvchisi E.A. fuqaro M.B.ni o‘qishini xorij universitetidan ko‘chirib berish hamda ikki nafar fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga talab qilgan 8000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!