Singapurda bank hisoblarini ochishda mijozlarni tekshirish kuchaytirildi

Singapurda bank hisoblarini ochishda mijozlarni tekshirish kuchaytirildi

Avgust oyida 1,8 milliard dollarlik pul yuvish bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, Singapurdagi banklar mijozlarni, jumladan, hisobvaraqlar ochishni lozim darajada tekshirishni kuchaytirdi.

Bu haqda “FT” gazetasi yozdi.

Nashrning yozishicha, moliya institutlari mijozlar va ularning maslahatchilarini xususiy bank hisobvarag‘ini ochish uchun kutish muddati bir oydan 3-4 oygacha oshgani haqida ogohlantirgan.

Singapur valyuta organi (Markaziy bank - Eslatma) o‘tgan oyda moliya institutlariga barcha operasiyalarni tekshirish uchun ogohlantirishlar berdi.

“Markaziy bank bu masalaga jiddiy yondashadi va moliya institutlari bilan nazorat choralari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Singapurda jinoiy daromadlarni legallashtirish, firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish doirasida 10 nafar xorijiy fuqaro qo‘lga olingan edi. 400 ga yaqin polisiyachi tomonidan o‘tkazilgan reydlar natijasida zargarlik buyumlari, tilla quymalari, naqd pul va kriptovalyutalar musodara qilindi.

Bundan tashqari, 94 ta mulk va 50 dan ortiq lyuks avtomobil musodara qilindi, 35 ta bank hisob raqamlari muzlatib qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!