Sinfni ta’mirlashda “qobiliyatni” ishga solishga chorlagan direktor o‘rinbosari ishdan ketdi

Sinfni ta’mirlashda “qobiliyatni” ishga solishga chorlagan direktor o‘rinbosari ishdan ketdi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi maktablardan birining ta’miri bilan bog‘liq holat o‘rganib chiqildi va tegishli huquqiy baho berildi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Salom layoqatli, qobiliyatli sinf rahbarlari!” nomli xabar yoritilgan edi. Unda To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan umumta’lim maktablari ta’miri bilan bog‘liq vaziyatga oid e’tiroz o‘z ifodasini topgan. Xususan, xabarda sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilariga murojaat qilingani va sinf xonasi ta’mirini boshlashlari mumkinligi aytilgan.

Jumladan shunday deyilgan internetda tarqalgan xabarda: “... O‘quvchidan remontga deb pul so‘ramang, homiyni qayerdan topaman, deb bizdan ham so‘ramang. Layoqatingizni va qobiliyatingizni ishga soling!”

Bu xabar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda To‘raqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganildi.

O‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu xabarni tumandagi 36- umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi - ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.N. shaxsiy telefoni orqali telegram tarmog‘i orqali o‘qituvchilarga yetkazganligi aniqlandi.

U muassasada ishlovchi xodimlarni ta’lim muassasasini ta’mirlash uchun xomiy topishga jalb qilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, B.N. viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!