Sindzo Abening davlat dafn marosimi sanasi belgilandi

Sindzo Abening davlat dafn marosimi sanasi belgilandi

Cobiq bosh vazir Sindzo Abening davlat dafn marosimi 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi joriy yil 27 sentyabrni mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abening davlat dafn marosimini o‘tkazish sanasi etib tasdiqladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi. RIA Novosti.

“22 iyul kuni ertalab hukumat yig‘ilishi chog‘ida 27 sentyabr kuni Tokiodagi Kitanomaru bog‘idagi “Nippod Budokan” zalida halok bo‘lgan sobiq bosh vazir Sindzo Abening davlat dafn marosimini o‘tkazish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.

8 iyul kuni Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan so‘ng vafot etdi.

Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qo‘lbola quroldan ikki marta o‘q uzdi. Tajovuzdan so‘ng siyosatchi og‘ir ahvolda vertolyotda kasalxonaga olib ketilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!