Silvestr Stallone Konor nega Habibga yutqazganini aytdi

Silvestr Stallone Konor nega Habibga yutqazganini aytdi

Hollivudning mashhur kinoaktyori Silvestr Stallone Konor Makgregor hamda Habib Nurmagomedov jangi to‘g‘risida fikr bildirdi.

Konor judayam kekkaygani uchun yutqazib qo‘ydi, deb o‘ylayman. Juda ham mag‘rur va hatto xafa bo‘lgan. Habib oyog‘iga yopishib, zarba bergan vaqt Sen himoyalanish kerak bo‘lgan vaqt nega qo‘llaringni tushirasan? Menimcha, uning B rejasi bo‘lmagan.

Agar Konor Habibni mag‘lub etmasa, bu uni butun umr ta’qib etadi. Hozir Makgregor nima qilishini bilmay turibdi. Mag‘lubiyat, hibsga olishlar, jamoatchilik bularning barchasi uni yer bilan bitta qilish uchun bahona izlamoqda. Konor o‘ziga o‘zi: Men buni qila olaman. Mag‘lubiyatga uchramayotgan raqibimni yutishim shart , deb aytishi kerak.

Konorga qanday maslahat berishim mukin? Tabassum. Agar sen kulib yursang, odamlar seni tanqid qilolmaydi , deydi Stallone TMZ ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida UFC 229 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan chempionlik uchun jangda Konor Makgregor Habib Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!