Sifatsiz va inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan tovar moddiy boyliklari yo‘q qilindi

Sifatsiz va inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan tovar moddiy boyliklari yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yurtimiz hududiga fuqarolar va ayrim tadbirkorlar tomonidan noqonuniy olib kirilayotgan va tegishli hujjat hamda ruxsati mavjud bo‘lmagan mahsulotlar sud qarorlariga asosan yo‘q qilinishi ta’minlanmoqda.

Joriy yilda, boshqarma tomonidan mazkur toifadagi jami 1 mlrd. 912 mln. 506 ming so‘mlik shundan, 469 mln. 300 ming so‘mlik maishiy texnika, 988 mln. 378 ming so‘mlik alkogol, 414 mln. 527 ming so‘mlik tamaki hamda 644 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 377 mln. 856 ming so‘mlik boshqa turdagi iste’molga yaroqsiz tovar moddiy boyliklari belgilangan tartibda yo‘q qilish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Termiz tumani Kattaqum massivida joylashgan maxsus poligonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida, hamkor tashkilotlar va xolislar ishtirokida 10 turdagi jami 337 mln. so‘mlik iste’molga yaroqsiz dori vositalari va tamaki, alkogol mahsulotlari belgilangan tartibda zararsizlantirildi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga asosan davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan mol-mulklarning arzonlashtirilgan savdo do‘konlari orqali sotilishidan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan 679 mln. 731 ming so‘mlik mablag‘lar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” maxsus jamg‘armalariga o‘tkazib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!