Sifatli muzqaymoqni qanday to‘g‘ri tanlash kerak?

Sifatli muzqaymoqni qanday to‘g‘ri tanlash kerak?

Muzqaymoq yoz faslida ko‘pchilikning sevimli yeguligi. Ammo, uni xarid qilayotganda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Sifatli va tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan muzqaymoq shunchaki ko‘p kaloriyali yegulik bo‘lib qolmasdan, balki foydali kislotalar, vitaminlar, minerallar va moddalar almashinuvini yaxshilovchi fermentlarga boy bo‘lishi mumkin.
Tashqi ko‘rinishi: singan, bukilgan, umuman shakli buzilgan muzqaymoq katta ehtimol bilan takroran muzlatilgan bo‘ladi. Demak, u muzlatkichda noto‘g‘ri saqlangan va unda bakteriyalar to‘plangan bo‘lishi mumkin. Mikroblar esa zaharlanishga sabab bo‘ladi.
Yorlig‘i: agar mahsulot yorlig‘ida “o‘simli yog‘i va qaymoqdan tayyorlangan”, “o‘simlik yog‘ili sutdan tayyorlangan” kabi yozuvlar bo‘lsa, bu muzqaymoqni iste’mol qilmagan ma’qul. Bu tabiiy sut o‘rniga, mahsulotga o‘simlik yog‘i (katta ehtimol bilan palma yog‘i) qo‘shilgan deganini bildiradi.
Tarkib: sifatli muzqaymoqdagi yog‘ haqiqiy sutdan olingan bo‘lishi kerak. Tabiiy plombirning yog‘lilik darajasi 12 % dan kam bo‘lmasligi zarur. Stabilizatorlar ham tabiiy: agar-agar yoki jelatin bo‘lishi kerak. Tabiiy plombirda suv bo‘lmaydi. Mahsulotlar tarkibi ro‘yxati esa sutdan boshlanishi kerak.
Shuningdek tarkibida tetrazin, karraginan, natriy karboksimetilsellyuloza moddalari bo‘lgan muzqaymoqni aslo iste’mol qilmaslik kerak. Odatda bu qo‘shimcha moddalar YE102, YE466, YE407 kodlari tagida yashiringan bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!