Siemens AG kompaniyasi Rossiyani tark etishini ma’lum qildi

Siemens AG kompaniyasi Rossiyani tark etishini ma’lum qildi

Siemens AG (Germaniya) konserni Ukraina inqirozi tufayli Rossiyadagi biznesini qisqartirmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar tarqatmoqda.

Keng tarqalgan bayonotda Siemens AG konserni Rossiya bozoridan chiqish jarayonini allaqachon boshlaganini aytadi. Ushbu protsedurani yakunlashning aniq sanalari ko‘rsatilmagan.

Avvalroq Siemens AG o‘z mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi, biroq kompaniya o‘z faoliyatini faqat hozir to‘xtatganini rasman e’lon qildi.

Ayni paytda kompaniyaning Rossiyadagi xodimlari taxminan uch ming kishini tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!