Si Szinpin Pekindagi Din ishlari bo‘yicha ishchi konferensiyada nutq so‘zladi va...

Si Szinpin Pekindagi Din ishlari bo‘yicha ishchi konferensiyada nutq so‘zladi va...

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatdagi diniy e’tiqodlarni "xitoylashtirish" va ulardan ijtimoiy birdamlikka erishish uchun samarali foydalanishga chaqirdi.

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekindagi Din ishlari bo‘yicha ishchi konferensiyada nutq so‘zladi.

Partiya va hukumat amaldorlaridan iborat guruh oldida chiqish qilar ekan, Si Szinpin mamlakatdagi diniy e’tiqodlarni xitoylashtirish va sosialistik jamiyat bilan uyg‘unlikni ta’minlashga samarali yo‘naltirish kerakligini ta’kidladi, deb yozadi "People's Daily" gazetasi.

"Xitoylashtirish" tushunchasini "vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi va Xitoy millati hamda madaniyatiga mansublikni mustahkamlovchi diniy doiralar" deb ta’riflagan Si, e’tiqodlar mamlakatni boshqarayotgan Kommunistik partiyaga va Xitoy sosializmiga sodiqlikni kuchaytirishi kerakligini ma’lum qildi.

Si partiya kadrlariga mamlakat boshqaruvida diniy e’tiqodlarning ahamiyatini tushuntira turib, "Biz Xitoyning o‘ziga xos sosialistik diniy nazariyalarni qo‘llab-quvvatlashimiz va rivojlantirishimiz kerak. Dinning Xitoylashtirilishi asosida katta diniy ommani partiya va hukumat atrofida birlashtirish hamda sog‘lom diniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishimiz kerak", — deya ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!