Shveysariyada chipslar tugayapti

Shveysariyada chipslar tugayapti

2021 yildagi doimiy yomg‘ir va Shveysariyadagi umumiy yomon ob-havo tufayli kartoshka hosili kam bo‘ldi, bu esa chipslarning yetishmasligiga olib keldi, deb xabar beradi The Local.

Odamlar uyda ko‘proq qolishi va restoranlarga borishdan ko‘ra chips yeyishi tufayli talabning 30 foizga oshishi bilan birgalikda Shveysariyada chips taqchilligi kuzatilmoqda.

Ishlab chiqaruvchilarga kartoshka yetishmayapti va chet eldan kamida 20 ming tonna import qilish kerak bo‘ladi. Chips kompaniyalarining aytishicha, tanqislikning qanchalik jiddiy bo‘lishini hozircha aniqlab bo‘lmaydi, oqibatlari dekabrda aniq bo‘ladi.

"Tanqislikning aniq darajasini faqat dekabr oyining boshlarida, yig‘im-terimdan keyin aniqlash mumkin", - dedi kompaniyalardan birining vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!