Shveysariya Ukrainaning sobiq prezidenti Yanukovich va uning o‘g‘liga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Shveysariya Ukrainaning sobiq prezidenti Yanukovich va uning o‘g‘liga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Shveysariya Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning o‘g‘li Aleksandrga nisbatan Rossiya maxsus harbiy operasiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.

Bu haqda Iqtisodiyot davlat kotibiyati (SECO) hujjatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sanksiyalar Shveysariya hududiga kirishni taqiqlaydi, shuningdek, agar mavjud bo‘lsa, mamlakatdagi aktivlarni bloklaydi.

Avvalroq, 4 avgust kuni Yevropa Ittifoqi Ukrainaning sobiq prezidenti Yanukovich va uning o‘g‘liga qarshi yangi sanksiyalar kiritgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!