Shvesiya Ukrainaga harbiy yordamni 4 baravarga oshirishini e’lon qildi

Shvesiya Ukrainaga harbiy yordamni 4 baravarga oshirishini e’lon qildi

Chorshanba kuni Shvesiyaning yangi hukumati Ukraina uchun yangi, qiymati 3 milliard kron (287 million dollar) harbiy yordam paketi va yana 720 million kron (69 million dollar) gumanitar yordam paketini e’lon qildi.

Jahon agentliklarining xabar berishicha, Shvesiya mudofaa vaziri Pal Yunson yangi paketga, xususan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va Shvesiya armiyasi omborlaridagi o‘q-dorilar bo‘lishini ma’lum qilgan.

Bosh vazir Ulf Kristersson matbuot anjumanida ushbu harbiy yordam paketi avvalgi sakkiztasining hammasidan kattaroqligini ta’kidladi va Shvesiya Ukrainaga aynan ukrainaliklarning ustuvor ro‘yxatiga binoan qurol topshirishga qaror qilganini qo‘shimcha qildi.

Shvesiyaning avvalgi sosial-demokratik hukumati Ukrainaga umumiy qiymati bir milliard krondan ortiq bo‘lgan bir nechta harbiy yordam paketlarini bergan va bu paketlar orasida tankga qarshi tizimlar, o‘q-dorilar, shlemlar va o‘q o‘tkazmaydigan jiletlar ham bor edi.

Sentyabrdagi saylovlardan so‘ng bu hukumat o‘rnini Kristerson boshchiligidagi o‘ng va o‘ng-markaz partiyalari koalisiyasi egalladi.

Reuters agentligining qayd etishicha, yangi paketga Ukraina so‘ragan Shvesiya-Norvegiya yuqori texnologiyali Archer o‘ziyurar gaubisalari kirmaydi, biroq mudofaa vaziri Yunson ular kelgusidagi paketlarga kiritilishini istisno etmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!