Shvesiya bosh vaziri: Qur’onni yoqish musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikdir

Shvesiya bosh vaziri: Qur’onni yoqish musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikdir

Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqish harakati musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikdir, dedi Shvesiya Bosh vaziri Ulf Kristersson.

So‘z erkinligi demokratiyaning asosiy qismi, deydi u, lekin qonuniy bo‘lgan narsa "muvofiq emas".

"Muqaddas kitoblarni yoqish - bu chuqur hurmatsizlikdir", deb yozdi Kristersson Twitter'da.

Shvesiya bosh vaziri bu provokasiyadan xafa bo‘lgan barcha musulmonlarga hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!