Shvarsenegger Yevropa yetakchilariga: "Qo‘limiz qonga belangan"

Shvarsenegger Yevropa yetakchilariga: "Qo‘limiz qonga belangan"

Gollivud aktyori va Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvarseneggerning ta’kidlashicha, Moskvadan energiya resurslarini sotib olish aslida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini moliyalashtirishni anglatadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar boshlangan dastlabki ikki oyda Rossiya armiyasi Ukrainaga qarata 7,7 milliard yevrolik 1300 ta raketa otgan, Yevropa esa shu vaqt ichida Moskvaga neft va gaz uchun jami 44 milliard yevro to‘lagan.

Shvarsenegger Avstriyadagi iqlim bo‘yicha konferensiyada video bog‘lanish orqali so‘zlagan nutqida: "Qo‘limiz qonga belangan, chunki biz urushni moliyalashtirmoqdamiz", deb ta’kidladi.

"Biz qazib olinadigan yonilg‘iga qaramlikdan xalos bo‘lish uchun hamma narsa qilishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi aktyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!